Maqolalar
Mazkur maqolada aholi migrasiyasining tarixiy
evolyusiyasi va uning zamonaviy global tendensiyalari tahlil qilingan.
Migrasiya jarayonlari mustamlakachilik davridan boshlab industrial,
postindustrial va globallashuv bosqichlarigacha boʻlgan davrlarda izchil
rivojlanib kelganligi asoslab berilgan. Shuningdek, migrasiyaning
majburiy, industrial-klassik, diffuzion va transmilliy modellari
ilmiy jihatdan tizimlashtirilgan. Migrasiyani belgilaydigan
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-demografik, madaniy, ekologik va
texnologik omillar kompleks tahlil qilingan. Jahon migrasiya
oqimlarining mintaqaviy taqsimoti va ularning transformasiyasi
statistik ma'lumotlar asosida yoritilgan. Tadqiqot migrasiyaning
zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimga ta'siri va global mehnat
bozori shakllanishidagi rolini ochib beradi.