Yakshanba, 02 Avgust, 2026

Maqolalar


Асқарова Муҳаббат Ибрахимовна
Mazkur maqolada aholi migrasiyasining tarixiy evolyusiyasi va uning zamonaviy global tendensiyalari tahlil qilingan. Migrasiya jarayonlari mustamlakachilik davridan boshlab industrial, postindustrial va globallashuv bosqichlarigacha boʻlgan davrlarda izchil rivojlanib kelganligi asoslab berilgan. Shuningdek, migrasiyaning majburiy, industrial-klassik, diffuzion va transmilliy modellari ilmiy jihatdan tizimlashtirilgan. Migrasiyani belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-demografik, madaniy, ekologik va texnologik omillar kompleks tahlil qilingan. Jahon migrasiya oqimlarining mintaqaviy taqsimoti va ularning transformasiyasi statistik ma'lumotlar asosida yoritilgan. Tadqiqot migrasiyaning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimga ta'siri va global mehnat bozori shakllanishidagi rolini ochib beradi.