Juma, 03 Aprel, 2026

Maqolalar


Raximova Lola Shavkatovna
Maqolada barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash jarayonida ayollar ishtirokini kuchaytirish va yashil iqtisodiy tashabbuslarni integratsiyalashning tashkiliy-iqtisodiy asoslari o‘rganiladi. Tadqiqot ishida ayollar kambag‘alligini kamaytirish, ularni ekologik jihatdan barqaror bo‘lgan iqtisodiy faoliyatga keng jalb qilish, ayniqsa, qayta tiklanuvchi energiya, chiqindisiz ishlab chiqarish, ekologik toza mahsulot yetishtirish kabi yo‘nalishlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari tahlil qilinadi. Ayollar bandligini oshirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish imkoniyatlari aniqlanadi.