Maqolalar
Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida
2ooo-2o24 yillar oralig‘ida soliq bazasini aniqlash metodologiyasida yuz bergan
o‘zgarishlar, ularning samaradorlik darajasi va amaliy natijalarini baholashga
qaratilgan bo‘lib, tadqiqot konsepsiyasi tizimli, tarixiy, tahliliy va qiyosiy
yondashuvlar integratsiyasiga asoslanadi. Unda soliq bazasini shakllantirishga
ta’sir etuvchi omillar — normativ-huquqiy islohotlar, elektron raqamli
tizimlarning joriy etilishi, soliq ma’murchiligining avtomatlashtirilishi hamda
soliq to‘lovchilar faoliyatidagi o‘zgarishlar kompleks o‘rganiladi.