Maqolalar
Ushbu maqolada yosh avlodni madaniy merosni asrash va
turizm sohasida faol ishtirok etishga jalb qilishning ilmiy asoslari hamda amaliy
mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda OZbekiston misolida yoshlarni meros
obyektlarini muhofaza qilish, ulardan samarali foydalanish hamda madaniy
turizmni rivojlantirish jarayonlariga jalb etish tajribasi o‘rganilgan. Shuningdek,
Ispaniya, Yaponiya va Turkiya kabi davlatlarning ilg‘or yondashuvlari bilan
qiyosiy tahlil o‘tkazilib, yoshlarning qaror qabul qilishdagi ishtirokini
kengaytirish, ularning ijodkorlik va tashabbuskorligini oshirish boyicha samarali
mexanizmlar aniqlangan. Tadqiqot natijalari yoshlar ishtirokini tizimli
yondashuv asosida tashkil etish madaniy merosni barqaror saqlash va turizm
salohiyatini rivojlantirishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.