Juma, 03 Aprel, 2026

Maqolalar


Mirzayeva Matluba G'aybulla qizi
Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi moliyaviy xizmatlarni mobil banking va fintech platformalari orqali kengaytirish imkonini bermoqda. Shu bilan birga, bu jarayon axborot xavfsizligi, ma’lumotlarni himoya qilish va IT infratuzilmaning barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq yangi xavf va tahdidlarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu tadqiqotda fintech va mobil banking tizimlarida kiberxavfsizlik darajasini baholashning ilg‘or yondashuvlari tahlil qilinadi. Xususan, xavf tahlili, zaifliklarni aniqlash, sun’iy intellekt asosida monitoring tizimlarini joriy etish hamda ma’lumotlarni himoyalashning zamonaviy standartlari (ISO/IEC 27001, NIST, PCI DSS va boshqalar) o‘rganiladi. Shuningdek, kiberxavfsizlik ko‘rsatkichlarini kompleks baholash modeli taklif etilib, fintech infratuzilmasining ishonchliligi va foydalanuvchi ma’lumotlarining himoya darajasini oshirish boyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.