Juma, 03 Aprel, 2026

Maqolalar


Mamadaliyeva Xafiza Xoldarovna
Ushbu ishda Janubiy Koreya misolida avlodlararo transfertlar tizimi, demografik qarish jarayoni va ijtimoiy siyosat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinib, ularning O‘zbekiston uchun amaliy ahamiyati baholanadi. Tadqiqot OECD, NTA, KLoSA va KOWEPS ma’lumotlariga tayangan holda Koreyada davlat va oilaviy transfertlarning evolyutsiyasi, Basic Old-Age Pension va parvarish xizmatlarining roli, shuningdek, xususiy transfertlarning kambag‘allikni qisqartirish va keksalar farovonligini oshirishdagi o‘rni aniqlanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Koreya modeli davlat institutlari, oila va bozor o‘rtasida shakllangan “mixed welfare regime” orqali demografik bosimni samarali yumshatadi. Ushbu ishda O‘zbekiston uchun besh asosiy strategik yo‘nalish taklif etiladi: UzNTA tizimini yaratish, pensiya ta’minotini ko'р pog‘onali modelga o‘tkazish, oilaviy transfertlarni soliq imtiyozlari va parvarish subsidiyalari orqali rasmiylashtirish, migratsiya transfertlarini “family investment accounts” orqali investitsion oqimga aylantirish hamda ayollar bandligini oshirish orqali xizmat transfertlarini iqtisodiy tizimga integratsiya qilish. Tadqiqot natijalari Koreya tajribasining O‘zbekiston demografik o‘zgarishlariga moslashgan, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi institutsional modelni shakllantirishda muhim konseptual asos bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi.