Yakshanba, 02 Avgust, 2026

Maqolalar


Abdullayev Habibullo Asadulla o’g’li
Ushbu tezisda sun’iy intellekt (SI)ning mehnat bozoriga ta’siri har tomonlama tahlil qilinadi. Unda SI texnologiyalarining iqtisodiy oʻsish, mehnat samaradorligini oshirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish kabi ijobiy imkoniyatlari yoritilgan. Shu bilan birga, avtomatlashtirish natijasida ayrim kasblarning yoʻqolishi, malakalar oʻrtasidagi tafovutning kuchayishi va ijtimoiy tengsizlikning chuqurlashuvi kabi xavf-xatarlar ham ilmiy asosda koʻrib chiqilgan. Tadqiqot natijasida ta’lim tizimini isloh qilish, qayta malaka oshirish dasturlarini joriy etish va ijtimoiy siyosat mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar berilgan. Tezning mavzusi Sun'iy intellekt davrida mehnat bozoridagi oʻzgarishlarga moslashish strategiyalarini ishlab chiqishda nazariy va amaliy ahamiyatga ega.