Juma, 03 Aprel, 2026

Maqolalar


Mamadalieva Xafiza Xoldarovna
Ushbu maqolada avlodlararo iqtisodiy munosabatlar masalalari eng dolzarb masalalar qatorida boʻlib, ular nafaqat farzandlar tarbiyasi uchun ota-onalarning, balki kichik avlodning katta avlod oldidagi mas'uliyatining iqtisodiy jihatlarini oʻz ichiga oladi. Shundan kelib chiqiladigan boʻlsa, olimlar va mutaxassislarning avlodlararo transfertlarni ikki yoʻnalishda, kichik avlodlarga, ya'ni quyiga, hamda katta avlodga, ya'ni yuqoriga yoʻnaltirilgan transfertlarni oʻrganish kerakligi toʻgʻrisidagi fikrlari oʻrinli ekanligi ta'kidlab oʻtilgan. Shuningdek maqolada sosiologik tadqiqot natijalari ham keng yoritib berilgani ahamiyatga molikdir.