“O‘zbekıstonda ichki va tashqı mıgratsıya jarayonlari: muammolar va yechimlar” mavzusida respublıka ilmiy-amaliy konferensıyası
Ushbu to‘plam «O‘zbekistonda ichki va tashqi migratsiya jarayonlari: muammolar va yechimlar» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallaridan iborat bo‘lib, AL-9124104481-sonli “GAT texnologiyasi asosida O‘zbekistonda migratsiya va mehnat resurslariga oid xarita ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida globallashuv davrida mehnat migratsiyasining rivojlanish tendensiyalari, migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini takomillashtirish, ichki va tashqi mehnat migratsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, hududlarda bandlikni oshirish va ishsizlikni kamaytirish, mehnat migrantlari malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish, pul o‘tkazmalarining aholi turmush darajasiga ta’siri, shuningdek, mehnat migrantlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va reintegratsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari kabi masalalarga oid tadqiqot ishlari va ilmiy qarashlar aks ettirilgan materiallar bayoni keltirilgan.
To‘plamga migratsiya, demografiya va mehnat iqtisodiyoti muammolari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan yetakchi xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqot muassasalarining mutaxassislari va ilmiy xodimlari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari hamda iqtidorli talabalari, shuningdek, vazirlik, idora va korxonalarning rahbar xodimlari hamda mutaxassislarining ilmiy izlanishlari natijalari kiritilgan.
To‘plamda keltirilgan materiallarning mazmuni, undagi statistik ma’lumotlar, keltirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning haqqoniyligi, bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar uchun mualliflarning o‘zlari mas’uldirlar.
Maqolalar
Jurnal nashrlari
MINTAQAVIY IQTISODIYOTNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI: TAJRIBA, TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR IV xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami II QISM 2026-yil 15-16 oktabr
Demografiya va mehnat bozori 3-son 2026