Yakshanba, 02 Avgust, 2026

Maqolalar


Umurzakov Baxodir Xamidovich
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida demografik jarayonlarni statistik modellashtirish va prognozlashning ilmiy asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqotda aholi soni, tug‘ilish, o‘lim va nikoh ko‘rsatkichlari vaqt qatorlari asosida tahlil qilinib, ularning dinamikasi va rivojlanish tendensiyalari aniqlangan. Demografik ko‘rsatkichlarni prognozlashda ARIMA va SARIMA modellari qo‘llanilib, ularning samaradorligi baholangan. Tadqiqot natijalari demografik jarayonlarni ilmiy asosda boshqarish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi