Yakshanba, 02 Avgust, 2026

Maqolalar


Qo‘ldosheva Gulhayo Muxtor qizi,Qurbonov Paxlavon Rustamovich
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi qishloq aholisining 1991- 2026-yillar davomidagi demografik dinamikasi va hududiy joylashuvi tadqiq etilgan. Qishloq aholisining o‘zgarishi uch bosqichi yuqori sur’atli o‘sish (1991- 2008), ma’muriy qayta tuzilish (2009) va tiklanish davri (2010–2026) asosida tahlil qilingan. 35 yil davomida respublika qishloq aholisi 12 302,5 mingdan 18 765,0 ming nafarga (152,5%) oshgan bo‘lib, viloyatlar kesimida CAGR 0,44–1,73% oralig‘ida kuzatilgan. Qishloq tumanlarining demografik tafovuti konsentratsiya tahlili orqali o‘rganilib, Jini koeffitsiyenti G ≈ 0,29 ekanligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari mintaqaviy demografik siyosat va qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlari uchun amaliy tavsiyalar bilan yakunlangan.