Maqolalar
Mazkur tadqiqot aholi takror barpo boʻlish
jarayonlarining iqtisodiy faol aholi shakllanishiga ta'sirini
baholashga bagʻishlangan. Izlanish davomida 2012–2024 yillarni qamrab
olgan tumanlar kesimidagi statistik ma'lumotlar asosida panel
ekonometrik tahlil oʻtkazildi. Xususan, demografik va iqtisodiyomillarning ta'sir darajasini aniqlash maqsadida Fixed Effects va Random
Effects modellari qoʻllanilib, Hausman testi yordamida eng maqbul model
tanlab olindi. Olingan natijalar hududlarda kechayotgan demografik
jarayonlar iqtisodiy faol aholi shakllanishiga sezilarli ta'sir
koʻrsatishini koʻrsatdi.