Maqolalar
Mazkur maqolada O‘zbekistonda demografik jarayonlar va
mehnat migratsiyasining o‘zaro bog‘liqligi globallashuv sharoitida kompleks
yondashuv asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda aholining takror barpo bo‘lish
jarayonlari, xususan o‘lim, aholining qarishi va migratsiya oqimlari statistik hamda
analitik usullar yordamida o‘rganilgan. Shuningdek, migratsiya jarayonlarini
samarali boshqarishda Big Data, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning
ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida migratsiya jarayonlarini
prognozlash, monitoring qilish va boshqarishning zamonaviy data-driven
yondashuvlari taklif etilgan.