Maqolalar
Mazkur maqolada tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan kadrlarni ichki mehnat bozoriga integratsiyalash jarayonini takomillashtirish masalalari sun’iy intellekt va innovatsion yondashuvlar asosida ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda qaytgan migrantlarning xorijda orttirgan kasbiy tajribasi va ko‘nikmalari bilan ichki mehnat bozori ehtiyojlari o‘rtasida yuzaga kelayotgan nomuvofiqlik muammolari ochib berilgan. An’anaviy bandlik va qayta tayyorlash mexanizmlarining cheklangan imkoniyatlari asoslab berilib, sun’iy intellekt texnologiyalarining ushbu jarayonda vosita sifatidagi o‘rni yoritilgan. Maqolada sun’iy intellekt asosida kasbiy salohiyatni baholash, individual qayta tayyorlash yo‘nalishlarini aniqlash va mehnat bozori talablariga moslashtirish imkoniyatlari ilmiy asoslangan holda ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt va innovatsion yondashuvlarni joriy etish qaytgan migrantlarning bandlik darajasini oshirish, inson kapitalidan samarali foydalanish va takroriy migratsiya jarayonlarini qisqartirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Xulosa qismida tashqi migratsiyadan qaytgan kadrlarni mehnat bozoriga integratsiyalash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ilgari surilgan.